Dastur haqida
Dastur doirasida fazoviy ma'lumotlarga asoslangan geoinformatsion tizimlar, ilovalar, xizmatlar va yechimlarni yaratish texnologiyalari; fazoviy obyektlarni 2D va 3D formatida modellashtirish va vizualizatsiya qilish usullari bilan tanishadigan mutaxassislar tayyorlanmoqda. Talabalar kartografiya, geoinformatika va aerokosmik tasvirlarni qayta ishlash sohasidagi zamonaviy dasturiy ta'minotni o'zlashtiradilar, kompyuter texnikasini mukammal egallashadi, geoinformatsion tizimlar va komplekslardan foydalanish xususiyatlarini bilishadi.









