Dastur haqida
Dastur doirasida buxgalteriya hisobini tashkil etish va nazorat qilish, raqamli texnologiyalar yordamida biznesni baholashni amalga oshira oladigan professionallarni tayyorlash olib boriladi. Ular xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xavf va tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha iqtisodiy xavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqishni va joriy qilishni biladi, tijorat josusligi va firibgarlikka qarshi turishga qodir. Shuningdek, talabalar iqtisodiy faoliyat natijalarini audit va ekspertiza qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Ular hisob va nazoratdan tortib monitoring va ekspertizaga qadar keng ko‘lamdagi vazifalarni hal qilishadi.









